
Argentina futbolining sobiq yulduzi Xuan Sebastyan Veron, agar uning «Estudiantes» klubi rasmiy fan-klub a’zolari sonini 100 mingtaga yetkazsa, yana maydonga qaytishga va’da berdi. Veronning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatda u 51 yoshida rasmiy o‘yinda maydonga tushishga rozi bo‘ladi, deya aniqlik kiritadi derbyderbyderby.it.
Bu Veron tomonidan berilayotgan birinchi bunday taklif emas — 2017 yilda, u 42 yoshda bo‘lganida, xuddi shunday va’dadan so‘ng Libertadores kubogida o‘ynash uchun allaqachon futbolga qaytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropada Xuan Sebastyan Veron Angliyaning «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublarida, shuningdek, Italiyaning bir qator jamoalarida to‘p surgan.