AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi

  • Mr.NoBoDy 27.07.2026 08:24
  • 1609
  • 30

Ayni damda Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiy Joze Mourinyoga to'g'ri kelmaydigan futbolchini sotishga harakat qilmoqda.

Bu haqda "AS" xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Real" himoyachi Raul Asensio hamda hujum chizig'i futbolchilari Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono bilan xayrlashmoqchi. Takidlanishicha, Asensio vaziyatni o'zgartirishni va klubda qolishni xohlaydi, ammo bu variant murakkab deb hisoblanmoqda. Agent Jorje Mendesh himoyachi uchun allaqachon yangi klub qidirmoqda

Bundan tashqari, yarim himoyachilar Braim Dias va Eduardo Kamavinga ham Mourinyoning kelayotgan mavsum uchun asosiy tarkib o'yinchilari doirasiga kirmaydi.

Ўхшаш янгиликлар