"Al Hilol" "Everton" hujumchisini sotib olmoqchi - Romano

  • Mr.NoBoDy 27.07.2026 09:16
  • 147
  • 30

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi "Everton" hujumchisi Iliman Ndiaye bilan kuchaymoqchi.

Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar beradi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar boshlang'ich bosqichda. Futbolchi tomoni muloqotga tayyor, ko'p narsa Angliya klubining qaroriga bog'liq.

O'tgan mavsumda Ndiaye barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol va uchta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар