
Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Maldini yangi murabbiy nomzodini mustaqil ravishda aniqlash huquqini o'zida saqlab qolish sharti bilan FIGC'dagi lavozimni egallashga rozi bo'lgan. Agar rahbariyat Pirlo nomzodini rad etsa, Paolo buni o'z vakolatlarining cheklanishi sifatida qabul qilishi va ketsh masalasini ko'rib chiqishi mumkin. Takidlanishicha, avvalroq Maldini Antonio Konte va Roberto Manchini nomzodlari ko'rinishidagi muqobil variantlarni rad etgan edi. Texnik direktorni Kontening klublarni tez-tez o'zgartirishi qoniqtirmagan bo'lsa, Manchinining 2023 yilda Italiya terma jamoasidan ketganidan keyingi faoliyati unga etarlicha ishonchli tuyulmagan.
Xosep Gvardiola bilan muvaffaqiyatsiz kechgan muzokaralardan so'ng Maldini va federatsiya maslahatchisi Leonardo tanlovni 47 yoshli mutaxassisda to'xtatishdi. Ularning fikricha, Pirloning nomzodi zamonaviy futbol koncepciyasiga mos keladi.
Biroq Pirloning Rossiya kompaniyasining global elchisi sifatidagi roli bahslarga sabab bo'lmoqda va uning ehtimoliy tayinlanishini murakkablashtirmoqda.