
– O'yin haqida…
– Barchaga xayrli kech. Nima deyishim mumkin? O'ylaymanki, agar o'zim futbol ishqibozi bo'lganimda, bunday futbolni ko'rish uchun jon deb kelgan bo'lardim. Shu sababli o'yin juda qiziqarli chiqdi. Fikrimcha, "Buxoro" bilan bo'lgani kabi bugungi "Paxtakor"ga qarshi so'nggi ikkita o'yinda yigitlar juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Inson hayotda ham, mehnatda ham nima eksa, qachondir shuni o'radi, hosilini yig'adi. Shuning uchun yigitlarga aytdimki, barchangizga ma'lum bo'lgan qiyinchiliklarga – 8 oydan beri o'zimiz ishlab topgan halol maoshni ololmayotganimizga qaramay, ular fidoyilik, mehnat urug'ini ekmoqdalar, tavakkal qilmoqdalar. Sababi, "Buxoro" bilan o'yindan so'ng 3 nafar o'yinchimiz o'ta og'ir jarohat oldi. Qolganlar ter to'kmoqda, biroq ayrimlar klubni tark etishdi. Bu juda og'ir vaziyat, ammo shunga qaramay, ular muxlislar uchun, futbol uchun maydonga tushishdi va harakat qilishdi. Shuning uchun bunday futbol namoyish etgan yigitlarga faqatgina rahmat deyishim mumkin.
– "Paxtakor" gol urishidan bir daqiqa oldin hakam yoningizga kelib, siz bilan nimanidir muhokama qildi, so'ngra siz naketka kiyib oldingiz. Shu haqda batafsil aytib bersangiz.
– Shunchaki mendan yon hakamga xalaqit bermasligimni so'rashdi. Qora rangdagi futbolkam unga xalaqit berayotgan ekan, shuning uchun maxsus libos (manishka) kiyib olishimni so'radi. Men uni oldim va kiydim.
– Qarang, sizda moliyaviy muammolar va hokazolar bor. Lekin futbolchilarga so'z topishning, psixologik jihatdan qandaydir chegarasi bor-ku. Men bugun ikkinchi bo'limda ikkita teng jamoaning o'yinini ko'rdim. Qarangki, raqib tarkibida O'zbekiston, Iroq yoki boshqa terma jamoa o'yinchilari... Kechirasiz, barcha hurmatni saqlagan holda aytamanki, sizning tarkibda 16, 19, 20 yoshli yigitlar. Ikkinchi bo'limda gol urishingiz ham mumkin edi. Yigitlarga hech qanday etiroz yo'q. Birga-bir vaziyatlardan foydalanishganda, yana gol urishlari ham mumkin edi. Ayting-chi, siringiz nima, futbolchilarga nima deysiz, qanday tayyorgarlik ko'rasiz? Chunki bir marta gapirdingiz – bir oydan o'tdingiz, ikkinchi marta balki Al Pachino ishtirokidagi filmni ko'rsatarsiz... Bu qachon tugaydi, o'yinlarni nima hisobiga o'tkazyapsizlar?
– Shunday o'rinli savol uchun rahmat, chunki siz bizning holatimizni to'g'ri tushunib turibsiz. O'ylaymanki, 8 oy davomida futbolchilar maosh olmaganda, bazada 8 oydan beri issiq suv bo'lmaganda, chiroq o'chirilganda, oziq-ovqat tugab qolganda bu yo'lni qanday bosib o'tish kerakligi haqida yozilgan biror kitob yo'q. Futbolchilarni qanday ruhlantirish (motivaciya qilish) mumkin? Bunga yagona javob yo'q deb o'ylayman. Qayerdadir aytgan edim, men ularni motivaciya qilmayman, ular o'zlari ilhomlanganlar. Ularni qandaydir oliy maqsad yo'lida, qilayotgan ishlaridan ko'ra kattaroq narsa yo'lida ilhomlantirish kerak. Shuning uchun siz to'g'ri ta'kidladingiz: qandaydir chegara bor. Menimcha, biz bu chegaraga allaqachon yetib keldik. Sababi, agar siz bizning o'rnimizga o'tib, atigi yarim kun biz bilan birga bo'lsangiz, ularning qanday sharoitda yashayotganini, jarohat olish xavfi ostida qanday o'ynayotganini o'zingiz his qilasiz. Shuning uchun o'ylaymanki, qachondir, mavsum tugagach, biz buni qanday uddalaganimiz haqida batafsilroq aytib berarman. Siz to'g'ri aytdingiz, Al Pachino filmini qo'yib berish yoki bugun Netflix'da Artetaning kimnidir qanday ruhlantirayotganini ko'rish, Gvardioladan namuna olish – bularning barchasini sinab ko'rish mumkin, ammo bu bizda ish bermaydi. O'ylaymanki, bizning jamoamiz juda chuqur qadriyatlar ustiga qurilgan. Bu qadriyatlar bizning oramizda juda mustahkam ildiz otgan va bu jamoani jipslashtiradi, ular oldinga intilishadi va bir-biriga ishonishadi. Mashg'ulotlarda ham borini berishadi. Ammo ertaga nima bo'lishini men bilmayman, chunki o'ylaymanki, ular haqiqatan ham sabrining so'nggi nuqtasidadir. Bunga qanday javob berishni bilmayman, shunchaki yigitlarda munosabatlar quriladigan juda kuchli qadriyatlar bor: mehnatsevarlik, adolatlilik, halollik kabi. Ha, albatta, turli vasvasalar bo'lgan va doim bo'ladi. Bunday vaziyatlar yuzaga kelganda, kimdir vasvasaga berilib, qorong'i ishlarga qo'l urish xavfi bor. Ammo men sizga ochiq ko'ngil bilan aytishim mumkinki – yana oldingi savolga qaytamiz – bizda poydevor, asos qilib olingan qadriyatlar bor va yigitlar shuning uchun ham shunday o'ynamoqda. Yani kimdir shunday qadam tashlashi mumkinligi mening xayolimga ham kelmaydi. Chunki biz yosh futbolchilar bilan ham, kattalar bilan ham bu haqda tez-tez gaplashib turamiz. Shuning uchun men toza vijdon bilan ayta olamanki, ular juda-juda mehnatsevar. Ularning shu kungacha qilgan ishlari haqida esa, bilmadim, professional futbol tarixida 8 oy maoshsiz o'ynagan jamoalar bo'lganmi-yo'qmi... Menimcha, yigitlar 8 oy oyliksiz o'ynashi umuman tarixda ko'rilmagan precedent, bunday holat tarixda hali bo'lmagan.
– "Bunyodkor"ning moliyaviy holati so'ramoqchi emasman. Savolim boshqacharoq. Futbolchilarning maoshsiz futbol o'ynashi ularning totalizatorga bo'lgan qiziqishi va intilishini oshirmaydimi, bunga qanday qaraysiz? 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar musobaqasi turnir jadvalida "Bunyodkor" 3-o'rinda bormoqda. Agar moliyaviy holat ularga ham ta’sir qilsa, istedodli yoshlarning boshqa kasbga o'tib ketishi mumkinligi sizni xavotirga solmaydimi?
– Ha, albatta, vasvasalar bo'lgan va doim bo'ladi. Shuning uchun bunday vaziyatlar yuzaga kelganda, kimdir vasvasaga berilib, qora ishlarga qo'l urish xavfi bor. Lekin men sizga bitta narsani ayta olamanki, yana o'sha oldingi savolga qaytamiz: bizda poydevor, asos qilib qo'yilgan qadriyatlar bor. Shuning uchun yigitlar shunday o'ynamoqda. Yani, kimdir shunday qadam tashlashi mumkinligi mening xayolimga ham kelmaydi, chunki biz bu haqda yosh futbolchilar bilan ham, kattalar bilan ham juda ko'p gaplashamiz. Shuning uchun men sizga toza yurak bilan ayta olamanki, ular juda mehnatsevar va shu bugungi kunga qadar qilgan ishlari... men professional futbol tarixida 8 oy maoshsiz o'ynagan jamoalar bo'lganini bilmayman. O'ylaymanki, bu futbol tarixida birinchi shunday precedent – yigitlarning 8 oy maoshsiz o'ynashi. Tarixda boshqa bunday holat bo'lmagan deb o'ylayman.

– Motivaciyaga kelsak, boshqa sport turlarida ham o'xshash holatlar bor: qarshingizda kuchli jaamoa o'ynaganda - futbolchilarni alohida ruhlantirish shart emas. Xavotiringiz yo'qmi: turnir jadvalining quyi qismidagi jamoa bilan uchrashganingizda yigitlarda bu rag'bat omili yo'qolib qolmaydimi?
– Qarang, bu yana professionallikka borib taqaladi. Yani, ularga futbolchi va inson sifatida shuni uqtirmoqchimanki: futbolda "Paxtakor" bilan o'ynaganda yaxshi o'ynash kerak, "Mashal" bilan o'ynaganda esa bo'shashish mumkin, degan tushuncha umuman yo'q. Bu mentalitet, bu psixologiya. Men o'zim chet elda o'ynaganimda, "Yuventus"da shunday deyishardi: eng og'ir o'yinlar "Inter" bilan emas, balki "Peruja" yoki "Sassuolo" bilan bo'ladi. Bunday o'yinlarga alohida tayyorgarlik ko'rish shart emas. Ammo futbolchining mentaliteti osondek ko'ringan raqibga qarshi maydonga tushganida yaqqol namoyon bo'ladi. Oson raqibning o'zi yo'q. Shuning uchun o'ylaymanki, ular futbolchi sifatida o'sib bormoqda. Va yana, bu – jarayon. Bu juda uzoq davom etadigan jarayon – psixologiya, mentalitet ishi. O'ylaymanki, bu ular uchun foydali bo'ladi. Bugun yosh futbolchilar maydonga tushishdi va o'zlarini juda yaxshi ko'rsatishdi. Jahon chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga qarshi o'ynash biz uchun, "Bunyodkor" uchun faxrdir. O'ylaymanki, bugun va umuman so'nggi o'yinlarda ko'pchilik yoshlar debyut qildi. Akademiyamizdan ko'pchilik asosiy tarkibda maydonga tushdi. Men ular bilan faxrlanaman.
– Agar adashmasam, bugun Hakimov debyut qildi, shundaymi?
– Ha.
– Uni maydonga tushirishdan cho'chimadingizmi?
– Yo'q. Nima uchun biz yosh o'yinchilarga imkoniyat berishdan qo'rqishimiz kerak? Chunki bu aynan ularning o'ynaydigan yoshi. Agar biz O'zbekiston terma jamoasida kelajakda yaxshi o'yinchilar bo'lishini xohlasak, ular 16, 17, 18 yoshida O'zbekiston chempionatining asosiy tarkibida o'ynashlari kerak – bu kamida. Shuning uchun men unga umuman shubha qilmadim. Bir necha futbolchilar jarohat olgan. Shuning uchun o'ylaymanki, Xudo xohlasa, nafaqat "Bunyodkor"da, umuman oliy ligalarda o'ynaydigan boshqa yosh futbolchilarimiz ham bo'ladi. Chunki bu O'zbekiston terma jamoasiga eltadigan to'g'ri yo'ldir. Nega qo'rqishim kerak? U juda yaxshi futbolchi, unda beqiyos kuch, tezlik bor, aqlli yigit. U hech kimdan qolishmaydi.
– Uning boshlang'ich tezligi yuqori...
– Ha. Boshlang'ich tezligi a'lo darajada. Sizga yana bitta sirni ochaman: bizda hozir hatto GPS uchun rezina sotib olishga ham imkoniyat yo'q. Mana shunday vaziyatda turibmiz. Hamma bilib qo'ysin: biz klub sifatida GPS uchun rezina sotib ola olmaymiz! "Bunyodkor" – Superliga jamoasi. Bizda GPS rezinalari yo'q, ular tushib ketyapti, sotib olishga imkonimiz yo'q. Shuning uchun shunday vaziyat. Agarda bazilarda bor, kimda bo'lsa o'rnatamiz, lekin agar unga ham o'rnatsak, undagi ko'rsatkichlar ham – masalan, Kurkinov kabi – yuqori chiqadi.
– Moliyaviy muammolar fonida xususiylashtirishga urinish yotibdi. Bilamizki, Yevropa futbolining rivojlanishiga klublarning xususiylashtirilishi ham sabablardan biri bo'lgan. Balki davlat tashkilotlarining futbolga yordamini kamaytirayotgani to'g'ri yo'ldir, bir necha yildan so'ng barchasi boshqacha bo'lib ketar, xususiylashtirishga qanday qaraysiz?
– O'ylantiradigan savol. Ehtimol, bu menga emasdir, lekin bu narsalarni juda yaxshi o'rganish kerak. Men sizga ochig'ini aytaman: biz tayyor emasmiz. Biz bilan sodir bo'lgan narsa shuning yaqqol misoliki, biz bunday strukturani ushlab turishga tayyor emasmiz. Nega biz kontekstni tushunishimiz kerak? Chet el bilan solishtirib bo'lmaydi. Chet elda investorlar klubni sotib oladi va u erga restoran biznesiga sarmoya kiritishadi, maykalar sotishadi, muxlislar stadionga kelishadi. Yani, bu ularning xususiy mulki. Soliqlardan ozod qilinadi, ularga qandaydir imtiyozlar beriladi, tushunyapsizmi? Bunga erishish uchun qandaydir global reja kerakki, bu ish bilan shug'ullanadiganlar shuni qilsin. Bugungi kunda qilingan ishlar esa – o'zingiz natijasini ko'rib turibsiz – aksincha, bizni og'ir ahvoldan ham og'irroq vaziyatga solib qo'ydi. Barcha yaxshi o'yinchilarimiz – Urata, Bugarin, Krivokapich, Umarov, ularni rahbariyat bilan shuncha mashaqqat bilan yig'gandik – barchasi boshqa chempionatlarga kyetib qoldi. Uratani yo'qotdik. U yaponiyalik legioner edi, shunchaki olib, yo'qotib qo'ya qoldik va tamom. Shuning uchun, o'sish uchun, o'ylaymanki, biz, afsuski, bunga hali tayyor emasmiz.
– Asosan ikkinchi raqam ostida o'ynadingiz. Bu dastlabki reja edimi yoki o'yin davomida o'zgartirish kiritdingizmi? Ikkinchi bo'limda esa manzara butunlay o'zgardi, "Bunyodkor"da ko'plab golli vaziyatlar bo'ldi. Bu ham oldindan rejalashtirilganmidi yoki o'yin davomida o'zgarish qildingizmi? Futbolchilarning chiqishidan qanchalik mamnunsiz? Chunki ko'rinib turardi, siz har bir noaniq uzatmaga va shu kabi vaziyatlarga emocional munosabat bildirayotgandingiz.
– Ikkinchi savoldan boshlayman: yigitlardan, o'yindan juda ham mamnunman. Haqiqatan ham, menda shunday o'yin ko'rsatishgani uchun quvonch bor, shuning uchun bundan juda xursandman. Emocional bo'lishimga kelsak, biz boshimizdan kechirayotgan vaziyat sababli men ham ular bilan birga maydonda bo'lishni xohlayman va buni – men ular bilan ekanligimni, shtab sifatida ular bilan birga ekanligimizni ularga etkazishni istayman.
Ikkinchi raqam ostida o'ynaganimizga kelsak – yo'q, biz ikkinchi raqam ostida o'ynashni reja qilmagan edik, "yigitlar, ikkinchi raqamda o'ynaymiz" demaganmiz. Yo'q, yo'q. Shunchaki "Paxtakor" o'yinchilarining darajasi xohlaysizmi-yo'qmi sizni biroz pastga, orqaga o'tishga majbur qiladi, chunki ularda ulkan texnika bor, ular to'p bilan o'ta yuqori klassdagi o'yinchilar. Shuning uchun yigitlar shunchaki aqlli o'ynashdi, biroz zichroq chiqishdi va biz nima reja qilgan bo'lsak, hammasini bajardilar. Ikkinchi bo'limda esa ularning ritmi pasaydi, chamamda. Biz jismonan chiqdik, dadilroq o'ynay boshladik va o'yinni ularning maydon yarmiga o'tkazdik. Gol uchun afsusdaman, chunki uni o'tkazib yubormaslik mumkin edi, zarba berishga imkon berildi. Lekin shunga qaramay, baribir o'yinchilar juda yaxshi ish bajarishdi. Shuning uchun yarim himoyachilardan, himoyachilardan, hujumchilardan, chiqqan yigitlardan juda xursandman.