"Real" Diomandeni "Leyptsig"dan 100+ mln evroga sotib oldi. Vinger bilan shartnoma 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi

  • Mr.NoBoDy 27.07.2026 00:16
  • 884
  • 30

19 yoshli vinger Yan Diomande “Leyptsig”dan "Real"ga o'tdi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Madridliklar Bundesliga klubi bilan transfer bo'yicha yakuniy kelishuvga erishdi. Bitim summasi 100 million evrodan oshadi. 

Diomande shu hafta Madridga yo'l oladi, u yerda tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Real" bilan 2031 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. 

Vinger 2025 yilning yozidan beri "RB Leyptsig"da o'ynamoqda. Futbolchi Bundesligadagi debyut mavsumida 12 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар