«Mendan hech narsa kutmang». Yamal Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z holati haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 14.07.2026 08:22
  • 382
  • 30

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal JCH–2026 yarim finalida Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan turnirdagi jismoniy holati haqida berilgan savolga javob qaytardi. Hujumchi musobaqada 6 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.

«Sizlar men eng yaxshi formamda emasligimni aytyapsizlar. Demak, mendan hech narsa kutmang», — dedi Yamal.

Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi JCH–2026 yarim final bahsi 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Yana bir yarim finalda Argentina terma jamoasi Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulga qadar o‘tkazilmoqda. Turnir finali AQSHning Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар