"Qo'rqyapmanmi?" Yamal Ispaniyaning Fransiyaga qarshi JCH-2026 yarim final bahsini faoliyatidagi eng muhim o'yin deb atadi

  • Mr.NoBoDy 14.07.2026 08:16
  • 167
  • 30

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal JCH-2026 1/2 finali doirasida Fransiyaga qarshi bo'ladigan uchrashuv va uning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

"Umid qilamanki, tomoshabinlar o'yindan zavq olishadi, buni ham ispanlar, ham francuzlar uchun tilab qolaman. Har ikki jamoada o'z imkoniyatlari bo'ladi. O'yin, shubhasiz, kuchlar tengligi ostida o'tadi. Bu - dunyodagi birinchi raqamli o'yin. Bu men ishtirok etadigan eng muhim uchrashuv va maydonga tushish imkoniyatiga ega ekanligimdan xursandman. Bu men faoliyatimda qatnashadigan eng muhim bahsdir.

Fransiyadan qo'rqamanmi? Mendan bu haqda avval ham so'rashgan va "yo'q" deb javob berganman. Biz - Yevropa chempionlarimiz. Kunde aytganidek, bu shunchaki futbol. Shunchaki futbol, xolos", - deya Yamalning so'zlarini keltiradi "RMC Sport".

Ўхшаш янгиликлар