Ed Shiran JCH-2026 g‘olibini bashorat qildi

  • Mr.NoBoDy 09.07.2026 11:44
  • 61
  • 30

Mashhur britaniyalik xonanda Ed Shiran 2026 yilgi Jahon chempionati g‘olibini bashorat qildi. Uning fikricha, finalda Angliya va Fransiya terma jamoalari o‘ynaydi va mundial g‘olibi bo‘lish baxti inglizlarga nasib etadi.

«Menimcha, JCH-2026 finalida Angliya – Fransiya to‘qnashuvi bo‘ladi. Finalda istalgan jamoa g‘alaba qozonishi mumkin. Ammo men biz [inglizlar] g‘alaba qozonamiz deb o‘ylayman», — deya Shiranning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Chorak finalda Angliya terma jamoasi Norvegiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Fransuzlar esa Marokashga qarshi bahs olib borishadi.

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi Jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар