
Lissabonning «Sporting» klubi va Urugvay terma jamoasi himoyachisi Maksimiliano Arauxoni vatanidagi aeroportda otasi yuk mashinasida kutib oldi.
El Pais nashri ixtiyorida futbolchining chamadonlari bilan avtoturagohdagi mashina orqa qismiga chiqayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, futbolchi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun «Sporting» ixtiyoriga jo‘nab ketishdan oldin biroz vaqt uyida bo‘lishga qaror qilgan.
Gruh bosqichining uchta o‘yinida Arauxo ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirib, Urugvayning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Jamoa guruh bosqichida birorta ham o‘yinda g‘alaba qozona olmadi (ikki marta durang o‘ynadi) va turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.