
Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida har bir uchrashuvda o‘rtacha 2,92 tadan gol urilmoqda — bu oxirgi yarim asrdan ko‘proq vaqt ichidagi eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkichdir. Bundan yaxshiroq natija faqatgina 1970 yilgi mundialda qayd etilgan edi — o‘shanda har bir o‘yinga o‘rtacha 2,97 tadan gol to‘g‘ri kelgan.
O‘shandan beri hech bir Jahon chempionati bu qadar yuqori mahsuldorlik bilan maqtana olmagan. Bundan tashqari, guruh bosqichida mahsuldorlik bundan ham yuqori bo‘ldi — har bir bahsda o‘rtacha 2,98 ta gol. Eng ko‘p gol Fransiya, Norvegiya, Senegal va Iroq joy olgan guruhda kuzatildi — 27 ta gol.
Jahon chempionatlari tarixidagi eng sermahsul turnir sifatida 1954 yili Shveysariyada o‘tgan mundial rekordchi bo‘lib turibdi — o‘shanda uchrashuvlarda o‘rtacha 5,38 tadan gol kiritilgan.