"Arsenal" "Aston Villa"ning ikki futbolchisi transferiga qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 18:48
  • 274
  • 30

Londonning "Arsenal" klubi "Aston Villa"ning ikki futbolchisiga qiziqish ko'rsatmoqda.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, himoyachi Ezri Konsa va vinger Morgan Rodjers klubning qiziqishlar doirasiga tushgan. Manbaga ko'ra, Konsaning "Villa" bilan shartnomasi tugashiga ikki yil qolgan va klub uni taxminan 70 million evroga baholamoqda.

Xabar qilinishicha, bu mablag' "Arsenal" to'lashga tayyor bo'lgan summadan ko'proq. "Kanonirlar" ham Rodjers, ham Konsa uchun taklif yubora oladimi yoki ikki o'yinchidan faqat bittasinimi, hozircha noma'lum.

Joriy yozda ikkala futbolchi ham Angliya terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bunda Konsa barcha to'rtta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa, Rodjers uch marta o'yin davomida zaxiradan maydonga qo'shildi.

Ўхшаш янгиликлар