
31 yoshli futbolchi shu tariqa "Manchester Siti"dagi faoliyatini yakunladi. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo'ljallangan edi.
Ake 2020 yilda "Bornmut"dan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgan va klub safida Angliya Premer-ligasi, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, UEFA Superkubogi hamda Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan. U Pep Gvardiola qo'l ostida jamoaning universal va ishonchli himoyachilaridan biriga aylangan edi.
Joriy mavsumda niderlandiyalik himoyachi APLda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.