JCH-2026. Neymar nimchorak finalda maydonga tushadimi? Anchelotti javob berdi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 21:33
  • 21
  • 30

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi uchrashuv oldidan Neymarning holati haqida gapirdi.

Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, 34 yoshli hujumchi zarurat tug‘ilsa, maydonga tushishga to‘liq tayyor.

«Neymar haqida aytsam, eng muhimi — u o‘ynay oladi. Jamoa unga ehtiyoj sezayotganini tushunsam, albatta uni maydonga tushiraman. Ha, u 90 daqiqa davomida ham o‘ynay oladi.

U zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishdan mamnun emas, lekin o‘zini juda professional tutadi. Neymar mashg‘ulotlarda a’lo darajada ishlayapti. U juda hurmatli va yaxshi inson, jamoadoshlari ham uni yaxshi ko‘rishadi. U terma jamoamiz uchun muhim shaxs, chunki yuksak mahoratga ega bo‘lishi bilan birga, juda kamtar inson hamdir.

Men undan juda mamnunman. Albatta, u har doimgidek o‘ynashni xohlaydi. U "men o‘ynashni istayman" deb aytmaydi, ammo bu shundoq ham aniq. Bu tabiiy holat. Zaxirada qolishdan mamnun bo‘ladigan birorta ham futbolchi yo‘q», — dedi Anchelotti "Ginga Bonito"ga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар