
Jurnalist Janluka Di Marcio ma'lumotiga ko'ra, "rossonerilar" 25 yoshli ispaniyalik futbolchi va uning agenti bilan shaxsiy shartlar bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. Xila "Milan" bilan 5 yillik shartnoma imzolashga rozilik bergan. Uning yillik maoshi 5 million evroni tashkil etadi.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga etgan. "Lacio" himoyachi uchun 25 million evro va qo'shimcha 5 million evro bonus talab qilmoqda. Transfer dushanba yoki seshanba kuni rasman yakunlanishi kutilmoqda.
Mario Xila 2022 yilda "Real Madrid"dan "Lacio"ga o'tgan va o'tgan mavsum A Seriyada 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoya chizig'ining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.