AQSH futbol federasiyasi Pochettino bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 22:44
  • 978
  • 30

AQSH futbol federasiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan yangi mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Ayni paytda argentinalik mutaxassisning amaldagi bitimi 2026 yil 31 iyulgacha mo‘ljallangan. Pochettino AQSH terma jamoasini 2024 yil sentyabridan buyon boshqarib kelmoqda.

AQSH terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida 1/8 finalga chiqdi. Ular ushbu bosqichda Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар