"Real"ning yangi sardori kim bo'ladi?

  • Mr.NoBoDy 04.07.2026 00:08
  • 2919
  • 30

Dani Karvaxal klubni tark etganidan so'ng "Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoaning asosiy sardoriga aylanadi.

Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, bosh murabbiy Joze Mourinyu JCH–2026dagi omadsiz ishtirokka qaramay, urugvaylik futbolchiga to'liq ishonch bildirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis Valverdeni iyul o'rtalarida boshlanadigan mavsumoldi yig'inining muhim figurasi sifatida ko'rmoqda. Shu bilan birga, yig'in oldidan murabbiy futbolchi bilan shaxsiy suhbat o'tkazishni rejalashtirgan.

Klub rahbariyati ham Karvaxal ketganidan keyin aynan Valverde jamoaning asosiy sardori bo'lishiga ishonmoqda.

27 yoshli yarim himoyachi 2016 yildan buyon "Real" tizimida. Shu vaqt ichida u Chempionlar ligasi, La Liga, Ispaniya kubogi va boshqa qator katta sovrinlarni qo'lga kiritdi hamda jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi.

O'tgan mavsumda Valverde barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol muallifi bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар