JCH–2026da yangi rekord o'rnatildi

  • Mr.NoBoDy 04.07.2026 00:56
  • 1788
  • 30

JCH–2026 tarixdagi eng ko'p avtogol qayd etilgan mundialga aylandi.

1/16 finalda Avstraliyaga qarshi bahsda Misr terma jamoasi himoyachisi Muhammad Hani o'z darvozasini ishg'ol qildi. Bu uning ushbu turnirdagi ikkinchi avtogoli bo'ldi.

Shu tariqa, Hani Jahon chempionatlari tarixida bir musobaqa davomida ikki marta o'z darvozasiga gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday noxush rekord faqat bolgariyalik Ivan Vucov tomonidan 1966 yilgi mundialda qayd etilgan edi.

Hanining avtogolidan so'ng JCH–2026dagi avtogollar soni 13 taga etdi. Bu esa Jahon chempionatlari tarixidagi yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi eng yuqori ko'rsatkich 2018 yilgi mundialda qayd etilgan bo'lib, o'shanda 12 ta avtogol urilgan edi.

Umuman olganda, Jahon chempionatlari tarixida hozirga qadar 67 ta avtogol qayd etilgan.

Ўхшаш янгиликлар