
BBC xabariga ko'ra, FIFA Mexikodagi mashhur "Acteka" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv boshlanish vaqtini taxminan 6 soat oldinga ko'chirish masalasini ko'rib chiqmoqda. Ilk rejaga ko'ra, o'yin 5 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlanishi kerak edi. Endi esa bahs 5 iyul kuni soat 12:00 ga ko'chirilishi mumkin.
Bunga sinoptiklar tomonidan berilgan kuchli yomg'ir va momaqaldiroq haqidagi prognozlar sabab bo'lgani aytilmoqda. Hozircha FIFA o'yin vaqtining ehtimoliy o'zgarishi yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Musobaqa xavfsizlik reglamentiga ko'ra, stadiondan taxminan 13 kilometr radiusda chaqmoq qayd etilsa, uchrashuv avtomatik ravishda kamida 30 daqiqaga to'xtatiladi.
Shuningdek, FIFA reglamentiga muvofiq, tashkilot zarurat tug'ilganda uchrashuvni bekor qilish, boshqa vaqtga ko'chirish yoki boshqa stadionda o'tkazish huquqiga ega.