De Paul: «Har bir o‘yin terma jamoadagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin»

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 23:44
  • 1760
  • 30

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo De Paul Jahon chempionati pley-offi oldidan milliy jamoa libosini kiyish har safar alohida mas’uliyat ekanini ta’kidladi.

«Ertangi o‘yinga xuddi so‘nggisiga chiqayotgandek tayyorgarlik ko‘ryapman. Mening munosabatim aynan shunday. Albatta, bu o‘yin so‘nggisi bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman va oldinda yana ko‘p uchrashuvlar bo‘lishiga ishonaman.

Biz yosh futbolchilarga ham har safar shu formani kiyganingizda, bu siz uchun so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkinligini aytamiz. Buning sodir bo‘lmasligi esa o‘z qo‘limizda.

So‘nggi sakkiz-to‘qqiz yil ichida terma jamoa libosini kiyishni davom ettirishning yagona yo‘lini tushundim — uning hech qachon tugashini istamaslik va har doim bor kuchingni berish.

Qaysi musobaqa yoki qaysi raqib bo‘lishidan qat’i nazar, milliy jamoa libosini kiyganimizda o‘zimizni ayamaymiz. Bu formani kiyish — erishish mumkin bo‘lgan eng oliy sharaf», — dedi De Paul ESPN nashriga.

Ўхшаш янгиликлар