Xabi Alonso "Chelsi"ga "Real"ning ikki futbolchisining olib kelinishini istaydi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 23:40
  • 472
  • 30

"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Enco Fernandes jamoani tark etgan taqdirda "Real Madrid"ning ikki futbolchisi - Orelen Tchuameni va Arda Gyulerni London klubiga olib kelishni istamoqda.

Bu haqda Sport.es xabar berdi.Manbaga ko'ra, Tchuameni va Gyuler Joze Mourinyu "Real" bosh murabbiyi bo'lganidan keyin o'z kelajagi borasida ikkilanmoqda.

Madrid klubi francuz yarim himoyachisini sotish niyatida emas. Biroq agar Enco Fernandes "Real"ga o'tsa, Tchuameni transferiga ruxsat berilishi mumkin. Shu bilan birga, "qaymoqranglilar" uni 90 million evrodan kam mablag'ga qo'yib yubormaydi.

Xabi Alonso "Real"da ishlagan davrida ham Tchuameni, ham Arda Gyuler bilan ishlagan va ularning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Shu bois ispaniyalik mutaxassis har ikki futbolchini "Chelsi"ning yangi loyihasida muhim figura sifatida ko'rmoqda.

Ўхшаш янгиликлар