JCH–2026: Meksika – Angliya va Braziliya – Norvegiya uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 22:56
  • 1872
  • 30

FIFA JCH–2026 1/8 finalidan o'rin olgan yana ikki uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasini rasman e'lon qildi.

Meksika – Angliya bahsini avstraliyalik tajribali hakam Alirizo Fag'oniy boshqaradi. Unga hamyurtlari Jorj Lakrindis va Endryu Lindsey qanot hakami sifatida yordam beradi. To'rtinchi hakam etib marokashlik Jalol Jayed tayinlangan.

photo_2026-07-03_22-38-45.jpg

Braziliya – Norvegiya uchrashuvida esa bosh hakam sifatida AQSH vakili Ismoil Elfath ishlaydi. Unga amerikalik yordamchi hakamlar Kori Parker va Kayl Atkins ko'maklashadi. To'rtinchi hakam vazifasini argentinalik Said Martines bajaradi.

photo_2026-07-03_22-38-45 (2).jpg

Har ikki bahs 5 iyul kuni bo'lib o'tadi. Meksika – Angliya uchrashuvi Mexiko shahrida, Braziliya – Norvegiya bahsi esa Nyu-York (Nyu-Jersi) stadionida tashkil etiladi.

Ўхшаш янгиликлар