
Italiyalik himoyachi Maykl Kayode faoliyatini «Brentford»da davom ettiradi. Angliya klubi futbolchi bilan tuzilgan shartnomani 2032 yilgacha uzaytirganini ma’lum qildi.
«Fiorentina»ning sobiq futbolchisi o‘tgan mavsumda «Brentford»ning asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egalladi. U barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 3612 daqiqa harakat qildi.
Kayode Angliya Premyer-ligasida «Vulverxempton»ga qarshi bahsda bir marta gol urgan bo‘lsa, «Everton» bilan uchrashuvda golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Klub rahbariyati futbolchining barqaror va ishonchli o‘yinini yuqori baholab, uning shartnomasini yana bir necha yilga uzaytirishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Brentford» 2025/2026 yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumini 9-o‘rinda yakunlagan edi.