
Tomonlar ikki yillik shartnoma imzolashdi. Endi Postekoglu Krishtianu Ronaldu sardorligidagi jamoani boshqaradi.
59 yoshli murabbiy so'nggi marta "Tottenxem"ni boshqargan va 2024/25 yilgi mavsumda klubni Yevropa Ligasi g'olibligiga olib chiqqan edi. Bu "shporlar"ning 17 yillik sovrinsiz seriyasiga barham bergan muhim yutuq bo'lgan.
"Al Nassr" rahbariyati yangi mavsumda ichki chempionat va Osiyo Chempionlar ligasida yuqori natijalarga erishish uchun tajribali murabbiyga ishonch bildirmoqda.