
Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Felipe Melo Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2022 yilgi Jahon chempioni Lionel Messining ko‘rsatgan o‘yinlari darajasiga chiqa olishiga shubha bildirdi.
"Yamal bir mavsumda 90 ta gol ura olishiga va Messi erishgan yutuqlarning hatto 80 foiziga bo‘lsa ham erisha olishiga shubham bor. Lamin — fenomen, ammo biz futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri haqida gapiryapmiz", — deya Meloning so‘zlarini keltiradi Globo nashri.
Ayni paytda 39 yoshli Messi 2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Hujumchi 3 ta o‘yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 18 yoshli Yamal esa 4 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 1 bor ishg‘ol qilgan.