FIFA "Andijon"ga transfer taqiqi qo'ydi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 18:32
  • 612
  • 30

Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Tashkilotning Assotsiatsiyaga yuborgan xatida “Andijon” futbol klubi Albaniyaning “Lachi” klubi oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida bajarmagani ko'rsatilgan.

FIFA qaroriga ko'ra, “Andijon” “Lachi” klubi oldidagi moliyaviy majburiyatini 45 kun ichida bajarishi lozim edi. Biroq dedlayn sifatida belgilangan 10 iyun sanasiga qadar ham mazkur ish amalga oshmagan. Shundan kelib chiqib, klubga nisbatan mazkur ish yopilmaguniga qadar ketma-ket uch transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq e'lon qilingan.

2.jpg

Endilikda “Andijon” har qanday holatda ham Altin Kreziu transferi ortidan yuzaga kelgan holat bo'yicha hisob-kitob qilishga majbur. Mazkur ish amalga oshgach, klub bu haqda FIFAni xabardor qiladi va keyinchalik Lachi ham buni tasdiqlasa, FIFA transfer taqiqini olib tashlaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar