Roberto Martines Xorvatiya bilan o'yinda Krishtianu Ronalduni nima sababdan almashtirganini tushuntirdi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 11:56
  • 904
  • 30

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda (2:1) Krishtianu Ronalduning almashtirilishi sababini ochiqladi.

"Bizda mavjud bo'lgan turli xil xususiyatlarga ega futbolchilardan foydalana bilish muhim. O'yin davomida hujumchilarimiz uchun raqib maydonining uchdan bir qismiga yetib borish qiyinlashgan payt bo'ldi. Krishtianu jarima maydonchasida ekanligini hisobga olsak, Gonsalu Ramushning maydonga tushishi raqib markaziy himoyachilarining harakatlariga jiddiy ta’sir ko'rsatishi mumkin edi. Gol urilganidan keyin vaziyat o'zgardi. Xorvatiya ko'proq tavakkal qilishiga to'g'ri keldi, maydon markazida Modrich va Kovachichning o'zaro bog'liqligi kuchaydi. Bu bizga yana bir yarim himoyachi va Xorvatiya terma jamoasining kuchli tomonini nazorat qilish kerak bo'lgan payt edi. Biz Xorvatiyada tayanch yarim himoyachisi yo'qligidan foydalanib, maydonda ikkita hujumchiga ega bo'ldik – o'sha lahzada bu bizga juda zarur edi. Keyinroq, Xorvatiya bizning darvozamizga hujum qilishi kerak bo'lgan vaqtda esa boshqacharoq himoyalanish tuzilmasiga o'tish fursati keldi", - deya Martinesning so'zlarini keltiradi Record nashri.

1/8 final bosqichida portugaliyaliklar Ispaniya terma jamoasi bilan to'qnash kelishadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar