
58 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O'tgan mavsumda Allegri "Milan"ni boshqargan edi. "Rossonerilar" 70 ochko jamg'arib, Italiya chempionati mavsumi yakunlariga ko'ra beshinchi o'rinni egallashdi. "Napoli" esa 76 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy oldi.
Murabbiylik faoliyati davomida Allegri olti bor Italiya chempioni bo'lgan: besh marta "Yuventus" bilan va bir marta "Milan" bilan. Shuningdek, u besh marta Italiya Kubogini qo'lga kiritgan va ikki marta Chempionlar Ligasi finalida o'ynagan.