Dasayev: «Ronaldu avvalgidek emas, ammo u Portugaliya terma jamoasining o‘yinini ortga tortmayapti»

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 16:00
  • 747
  • 30

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq darvozaboni Rinat Dasayev 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 finalidagi Portugaliya — Ispaniya uchrashuvi haqida fikr bildirdi. Shuningdek, u portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘yiniga ham baho berdi.

«Men uchun Ispaniya Portugaliyaga qarshi juftlikda favorit hisoblanadi. Men ularga muxlislik qilaman va g‘alaba qozonishini istayman. Ronalduning o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsak, u terma jamoa o‘yinini sekinlashtirmayapti, aksincha, gol urmoqda. Ha, ehtimol, Krishtianu avvalgidek emasdir, lekin tarkibni tanlashda bosh murabbiyga vaziyat yaxshiroq ko‘rinadi», — dedi Dasayev «Chempionat» muxbiri Aleksandr Yershovga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya — Ispaniya o‘rtasidagi 1/8 final bahsi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar