
Shanba kuni, 4 iyul kuni futbol bo‘yicha jahon chempionatining 1/16 final bahslaridan birida Argentina va Kabo-Verde milliy terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bo‘lajak o‘yinda Argentina terma jamoasi yaqqol favorit hisoblanadi. Uning asosiy vaqtdagi g‘alabasi 84,1% ga baholanmoqda, Kabo-Verdening g‘alaba qozonish ehtimoli 4,5%, asosiy vaqtdagi durang esa 11,4% ni tashkil etmoqda.
Argentina terma jamoasining yakuniy g‘alabasi (keyingi bosqichga chiqishi) 89,9% ehtimol bilan baholangan bo‘lsa, Kabo-Verdening JCH-2026 1/8 finaliga yo‘l olishi 10,1% ga teng bo‘lib turibdi.