
"Yangi murabbiyni tayinlash masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, DFB rahbariyati endi Yurgen Klopp bilan muzokaralar olib borish niyatida. U ushbu lavozimni egallashga umuman olganda tayyor ekanligini bildirib ulgurgan", - deyiladi DFB xabarida.
Klopp 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro aloqalar bo'yicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha 59 yoshli mutaxassis 2015 yildan 2024 yilgacha "Liverpul"ni boshqargan.