Luka Modrich VAR tizimini tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 12:44
  • 2003
  • 30

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Portugaliyadan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin VAR tizimi ishini keskin tanqid qildi.

«Hakam Matanovich to‘pga tegdi, dedi. Ammo biz takroriy lavhani ko‘rdik — hech qayerda uning to‘pga tekkani ko‘rinmaydi. Agar u to‘pga tegmagan bo‘lsa, demak, ofsayd ham bo‘lmasligi kerak.

Ha, biz bundan ko‘prog‘iga loyiq edik. Ayrim qarorlar bizning foydamizga bo‘lmadi. O‘sha penalti... Agar vaziyat teskarisi bo‘lganida, VAR hech qachon aralashmasdi. VAR endi joriy qilingan paytdayoq men uni yoqtirmasligimni aytganman. Vaqt o‘tishi bilan u ayrim holatlarda foydali bo‘ldi, ammo undan noto‘g‘ri yoki tanlab foydalanilmoqda. Ba’zan qarorlar jamoalarning maqomiga qarab chiqarilayotgandek tuyuladi.

VAR faqat ochiq-oydin hakamlik xatosi bo‘lganida aralashishi kerak. Agar vaziyat bahsli bo‘lsa, unga aralashmaslik lozim. Bu penalti emasdi. Ikki futbolchi ham kurashdi, bir-birini turtdi, hech kim ataylab tortmadi — ular shunchaki bir-birini ushlab turishdi va ikkalasi ham yiqildi. Bunday o‘yinda bunday penaltini belgilab bo‘lmaydi.

Shuning uchun ham aytaman: VAR faqat yaqqol xato bo‘lganida ishlashi kerak. Agar epizodni turlicha talqin qilish mumkin bo‘lsa, aralashmaslik zarur. Bu meni jahlimni chiqaradi va doim bizning zararimizga ishlaydi. Ammo boriga shukr, oldinga intilamiz. Biz bahona qilmaymiz, lekin bunday qarorlar o‘yinlar taqdiriga va futbolchilarning hissiyotiga ta’sir qiladi. Bu yerda yosh o‘yinchilar ko‘p va shunday epizodlar ularni ruhan sindirishi mumkin. Juda achinarli.

Bu haqda boshqa gapirgim kelmaydi. Biz o‘z o‘yinimizdan, ayniqsa ikkinchi bo‘limdagi harakatlarimizdan faxrlanishimiz mumkin. Bu hamma taniydigan va hurmat qiladigan Xorvatiya edi», — dedi Modrich Jutarnji List nashriga.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi bo‘limda VAR tavsiyasidan so‘ng norvegiyalik hakam Espen Eskos Xorvatiya darvozasiga penalti belgilagan va uni Krishtianu Ronaldu aniq amalga oshirgan edi. Qo‘shimcha daqiqalarda Yoshko Gvardiol hisobni tenglashtirgan bo‘lsa-da, gol ofsayd sabab bekor qilindi. VAR tekshiruvidan keyin ma’lum bo‘lishicha, to‘p Gvardiolga yetib kelishidan avval yarim himoyachi Mario Pashalich ofsayd holatida bo‘lgan va to‘p unga hujumchi Igor Matanovichning ehtimoliy tegishidan keyin kelgan deb baholangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar