Ronaldu — futbol tarixida JCH va Yevroda 25 tadan ortiq gol urgan ilk o‘yinchi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 11:55
  • 84
  • 30

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu futbol tarixida jahon va Yevropa chempionatlarida kamida 25 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Squawka nashri xabar bermoqda.

Ronalduning jahon va Yevropa chempionatlaridagi gollari:

  • Yevro-2004 — ikkita gol;

  • JCH-2006 — bitta gol;

  • Yevro-2008 — bitta gol;

  • JCH-2010 — bitta gol;

  • Yevro-2012 — uchta gol;

  • JCH-2014 — bitta gol;

  • Yevro-2016 — uchta gol;

  • JCH-2018 — to‘rtta gol;

  • Yevro-2020 — beshta gol;

  • JCH-2022 — bitta gol;

  • JCH-2026 (hozirda davom etmoqda) — uchta gol.

Ronaldu jahon va Yevropa chempionatlaridagi o‘zining 2026 yilgi dunyo birinchiligi 1/16 finalidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi bahsda (2:1) kiritdi. 41 yoshli hujumchi 68-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, ushbu natijaga erishdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar