Yamal asosiy tarkibda maydonga tushsa, Ispaniya faqat g‘alaba qozonmoqda

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 11:55
  • 18
  • 30

Ispaniya terma jamoasi hujumchi Lamin Yamal asosiy tarkibda maydonga tushgan yirik turnirlardagi (JCH va Yevro) barcha sakkizta uchrashuvda g‘alabaga erishdi. Bu jahon va Yevropa chempionatlari tarixida start tarkibda maydonga tushgan barcha yevropalik futbolchilar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtga kelib, 18 yoshli vinger Yevropa chempionati — 2024 doirasida oltita uchrashuvda va 2026 yilgi jahon birinchiligining ikkita o‘yinida ilk daqiqalardan maydonda harakat qilgan.

Yamal 2026 yilgi jahon chempionatidagi umumiy to‘rtta o‘yinida bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyingi uchrashuvda Ispaniya 1/8 final bosqichida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Bahs 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar