Xorvatiya bosh murabbiyi Portugaliyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng hakamlikni tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 11:44
  • 45
  • 30

Xorvatiya milliy terma jamoasi ustozi Zlatko Dalich JCH-2026 1/16 finali doirasida Portugaliyaga qarshi kechgan o‘yindagi hakamlikni keskin tanqid ostiga oldi.

«Yomon hakamlik. Foydamizga birorta ham qoidabuzarlik qayd etilmadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, biz mag‘lubiyatga uchradik, shuning uchun hakamlar haqida ko‘p gapirishdan ma’no yo‘q. Uzr so‘rayman», - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi A Bola nashri.

Xorvatiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.

Jahon chempionatining keyingi pley-off bosqichida Roberto Martines shogirdlari Ispaniya milliy terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi. Ushbu bahs dushanba kuni, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar