«Bu achinarli ko‘rindi»: Morgan Krishtianu Ronalduning yonini oldi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 11:33
  • 381
  • 30

Krishtianu Ronalduning ashaddiy muxlisi hisoblangan britaniyalik jurnalist Pirs Morgan sharhlovchilarning 41 yoshli portugaliyalik markaziy hujumchi sha’niga aytgan tanqidlariga munosabat bildirdi.

«VVS sharhlovchilari Xorvatiyaga qarshi kechgan o‘yinning katta qismida Krishtianuni tanqid qilishdi. Ular tinmay Ronalduni maydondan olish kerakligini ta’kidlashdi. Biroq shundan so‘ng Ronaldu avval inobatga olinmagan ajoyib gol urdi, keyin esa 11 metrlik penaltini aniq amalga oshirdi. Shunda ham ular undan yanada ko‘proq narsa talab qilishda davom etishmoqda. Bu juda achinarli ko‘rindi», - deb yozib qoldirdi jurnalist ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Portugaliya Xorvatiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Krishtianu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar