
"Bu butun Norvegiya uchun qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rish juda yoqimli. Menimcha, bu Norvegiyani bir umrga o'zgartiradi. Bu bizni yanada jipslashtirayotganini his qilyapman, bu shunchaki to'lqinlantiruvchi holat", - deya Xolandning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
1/8 finalda Stole Solbakken jamoasi Braziliyaga qarshi o'ynaydi. "Pentakampeonlar" 1/16 final bosqichida Yaponiya milliy terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.