17 yoshli meksikalik iqtidor egasi Pelening noyob natijasini takrorladi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 10:11
  • 299
  • 30

Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Meksika va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Meksika terma jamoasi futbolchisi Xilberto Mora (17 yosh 259 kun) Jahon chempionati pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushgan ikkinchi 17 yoshli va tarixdagi ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu boradagi eng yaxshi natija afsonaviy Pelega tegishli. U 1958 yilgi Jahon chempionatida Uelsga qarshi bahsda 17 yosh 239 kunligida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

Jahon chempionati 1/8 finalida Meksika Angliya — Kongo DR juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. Ekvador esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati–2026 AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulga qadar o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar