FIFA Meksika va Ekvador o'rtasidagi o'yinda suv ichish tanaffusi bo'lmasligini e'lon qildi, lekin...

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 11:40
  • 634
  • 30

FIFA Meksika va Ekvador (2:0) o'rtasidagi o'yinda suv ichish uchun tanaffuslar bo'lmasligini e'lon qildi, ammo keyinchalik bu qarorni bekor qildi.

JCH-2026 1/16 final o'yini Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanishi kerak edi, ammo "Acteka" stadioni yaqinidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli o'yin bir soatga kechiktirildi.

O'yin kechiktirilganini e'lon qilar ekan, FIFA ushbu bahs davomida suv ichish uchun tanaffuslar bo'lmasligini ma'lum qilgandi. Shunga qaramay, tanaffuslar ikkala taymda ham amalga oshirildi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, FIFA veb-saytidagi bayonotdan "Ushbu o'yin davomida dam olish uchun tanaffuslar bo'lmaydi" degan jumla olib tashlangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar