JCH-2026. JCH-2026. Yana bir mezbon nimchorak finalga yo‘llanma oldi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 09:44
  • 822
  • 30

JCH-2026 musobaqasining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan Meksika hamda Ekvador milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Mexiko shahridagi mashhur “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdagi hisob 22-daqiqada Julian Kinyones tomonidan ochildi. Birinchi bo‘limning 31-daqiqasida esa Raul Ximenes oradagi farqni oshirdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida o‘tdi, ammo darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi. Natijada Meksika terma jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Meksika milliy jamoasi turnirning 1/8 finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi jamoa 6 iyul kuni chorak final yo‘llanmasi uchun Angliya hamda Kongo DR milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar