
Manbaning xabariga ko'ra, jarimaning umumiy summasi 22,5 mln evroni tashkil etadi, biroq klub undan faqat 7,5 mln evrosini to'laydi. Qolgan mablag' esa faqat moliyaviy ko'rsatkichlar yomonlashgan taqdirda to'lanadi, chunki ular 2024 yildan 2025 yilgacha bo'lgan davrda pasaygan edi. Shuningdek, ingliz klubiga tayinlangan ushbu jarima 2025 yilda Yevropa klublariga qo'yilgan sankciyalar ichida "Strasburg"dan (25 mln evro) keyin ikkinchi eng yirik moliyaviy jazo bo'lgani takidlanmoqda.
Avvalroq "Aston Villa" o'tgan yili UEFAning moliyaviy qoidalarini buzgani uchun 11 mln evro miqdorida jarimaga tortilgan edi.