O'tkir Yusupov: "Nasib qilsa, yanada kuchliroq, yanada tajribaliroq va yanada katta ishtiyoq bilan qaytamiz"

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 09:56
  • 794
  • 30

O'zbekiston MTJ darvozaboni O'tkir Yusupov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida terma jamoamiz haqida post qoldirdi.

Bazan hayot seni sinaydi. Bazan esa vaqt jim turishni, sabr qilishni va yanada kuchliroq bo'lib qaytishni o'rgatadi.

Men futbolni sevaman. Bu libos, bu bayroq va O'zbekiston sharafini himoya qilish men uchun doimo eng katta faxr va baxt !

Bugun qayerda bo'lishimdan qati nazar, yuragim Vatanim va milliy jamoamiz bilan. Men ishonaman - hali eng chiroyli kunlar oldinda. Mehnat hech qachon zoe kyetmaydi.

Meni doimo qo'llab-quvvatlagan barcha O'zbekistonlik muxlislarga chin yurakdan rahmat aytaman.Har bir duongiz, har bir yaxshi so'zingiz menga kuch beradi.

Nasib qilsa, yanada kuchliroq, yanada tajribaliroq va yanada katta ishtiyoq bilan qaytamiz !!!

Chunki bu hali yakun emas… Bu - yangi boshlanish.

Alloh O'zbekistonimizni va milliy jamoamizni o'z panohida asrasin. Olg'a, O'zbekiston!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar