Zaza Janashiya: «O‘zbekistonga beshta Kannavaro kelsa ham, natija o‘zgarmaydi»

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 00:11
  • 26
  • 30

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Zaza Janashiya O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirib, bosh murabbiy Fabio Kannavaroning imkoniyatlarini baholadi.

— Hech kimni xafa qilmoqchi emasman, ammo O‘zbekiston terma jamoasiga beshta Kannavaro kelsa ham, natija yaxshiroq bo‘lmaydi. Bu ularning ilk jahon chempionati. Jahon chempionati — bu klub ligasi yoki O‘zbekiston chempionati emas. Bu darajadagi futbolchilar hozircha yo‘q. Kannavaro yaxshi murabbiy, ajoyib futbolchi bo‘lgan, ammo u yana nima qila oladi? — dedi Janashiya «Chempionat» muxbiri Aleksandr Yershovga bergan intervyusida.

Ikki turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi hali ochko jamg‘armagan va K guruhida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar