Opta superkompyuteri O‘zbekistonning Kongo DRga qarshi bahsdagi imkoniyatlarini baholadi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 00:11
  • 247
  • 30

Opta superkompyuteri JCH-2026 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Kongo DR — O‘zbekiston uchrashuvi uchun ehtimollar hisob-kitobini e’lon qildi.

Opta Analyst ma’lumotiga ko‘ra, algoritm 25 mingta simulyasiya o‘tkazgan va ular natijasida bahs favoriti sifatida Kongo DR terma jamoasi ko‘rsatilgan.

JCH-2026. K guruhi. 3-tur
28 iyun, yakshanba
Kongo DR — O‘zbekiston

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Kongo DRning asosiy vaqtdagi g‘alaba ehtimoli 48,9%ni tashkil etadi. O‘zbekistonning g‘alaba qozonish imkoniyati 26,8%, durang ehtimoli esa 24,3% deb baholangan.

Ikki turdan so‘ng Kongo DR bir ochko bilan K guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston esa hali ochko jamg‘armagan holda to‘rtinchi pog‘onada bormoqda. Guruh peshqadami 6 ochko bilan Kolumbiya bo‘lsa, Portugaliya 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар