Forbes. JCHdagi eng serdaromad futbolchilar reytingini e’lon qilindi. Unda Abduqodir Husanov ham bor

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 00:00
  • 455
  • 30

Forbes Sport nashri JCH—2026 turnirida ishtirok etadigan har bir terma jamoaning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilari reytingini e’lon qildi. E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy oldi.

Nashr tahlillariga ko‘ra, Husanov O‘zbekiston terma jamoasining eng serdaromad o‘yinchisi hisoblanadi. Forbes’ning qayd etishicha, yosh himoyachining moliyaviy barqarorligi nafaqat futbol maydonidagi shartnomalari, balki biznesdagi faolligi bilan ham bog‘liq.

Ushbu reyting futbolchilarning yillik umumiy daromadi asosida tuzilgan bo‘lib, unda o‘yinchilarning klubdagi maoshi, bonuslari, homiylik shartnomalari, lisenziya to‘lovlari, reklama kelishuvlari hamda shaxsiy biznesdan keladigan daromadlari hisobga olingan.

Hisob-kitoblar Capology, Football Benchmark va Spotrac platformalari ma’lumotlariga tayanib, soliqlar va agentlik komissiyalarisiz aks ettirilgan. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachining yillik daromadi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Futboldan oladigan daromadi: 5 million AQSH dollari;
Futboldan tashqari (tijoriy) daromadlari: 1,2 million AQSH dollari;
Umumiy yillik daromadi: 6,2 million AQSH dollari.

Reytingning kuchli uchligini esa kutilganidek jahon futboli afsonalari — Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi hamda fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe band etdi.

Jahonning eng serdaromad futbolchilari TOP-10 ligi:

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya);
2. Lionel Messi (Argentina);
3. Kilian Mbappe (Fransiya);
4. Erling Holand (Norvegiya);
5. Riyod Mahrez (Jazoir);
6. Vinisius Junior (Braziliya);
7. Muhammad Saloh (Misr);
8. Sadio Mane (Senegal);
9. Jamol Musiala (Germaniya);
10. Jud Bellingem (Angliya).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar