
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqa reglamentiga oid qator masalalar yuzasidan tushuntirishlar va eslatmalar berildi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi.