
O'tgan 2024/2025 yilgi mavsumda fransiyalik vinger 50 ta o'yinda 17 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2025/2026 yilgi mavsumda klub safida 57 ta rasmiy o'yinda 25 ta gol va 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Bavariya"ning 2024/2025 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi unvonini qo'lga kiritgach, Olise yana muxlislar etirofiga sazovor bo'ldi. U 2025/2026 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berishda 51,4 foiz ovoz olib, hujumchi Xarri Keynni 32 foiz va Luis Diasni 4 foiz bilan ortda qoldirdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi klub va Fransiya terma jamoasi o'yinchilari orasida golli uzatmalar soni bo'yicha ham yetakchiga aylandi. Olise 2025/2026 yilgi mavsum boshidan buyon 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shundan 26 tasi "Bavariya"da, to'rttasi esa terma jamoada. Bu Yevropaning beshta yetakchi ligasida o'ynayotgan futbolchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir.
"Bavariya" 34 o'yinda 89 ochko jamg'arib, 2025/2026 yilgi mavsumda Germaniya chempioni bo'ldi.