Jahon chempionati finalining rasmiy to‘pi surati oshkor qilindi(foto)

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 08:22
  • 135
  • 30

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati final uchrashuvining rasmiy to‘pi surati e’lon qilindi. Bu model Trionda Final deb nomlangan.

Qayd etilishicha, konfigurasiya nuqtai nazaridan ushbu model mundialning boshqa o‘yinlarida ishlatiladigan bazaviy Trionda to‘pini to‘liq takrorlaydi. Asosiy farqi — oq fonddagi qora-oltinrang naqshlar va qizil rangli urg‘ulardir. Bundan tashqari, to‘p yuzasida JCH o‘yinlarini qabul qilgan shaharlar nomlari ko‘rsatilgan.

Jahon chempionatining final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahs Nyu-Jersidagi «Metlayf-stedium» stadionida o‘tkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar