Fransiya terma jamoasi himoyachisi: «Biz ko‘prog‘iga erishmoqchimiz»

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 06:33
  • 738
  • 30

Fransiya terma jamoasi himoyachisi Maksans Lakrua JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Norvegiya ustidan qozonilgan g‘alabadan (4:1) keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hissiyotlarim jo‘sh urmoqda, juda baxtliman. Biz g‘alaba qozondik, yaxshi futbol ko‘rsatdik va guruhda birinchi o‘rinni egalladik. Hozir nimalarni his qilayotganimni so‘z bilan ta’riflash ham qiyin. Biz o‘z oldimizga muayyan maqsadlar qo‘ygandik va ularga erishdik. Guruh bosqichi juda yaxshi o‘tdi, ammo bizning yo‘limiz hali tugamadi. Biz ko‘prog‘iga erishishni xohlaymiz va allaqachon keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlamoqdamiz», — deya Lakruaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda FIFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlab, to‘qqiz ochko jamg‘ardi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar