Nagelsmann JCH-2026 formatini tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 15:22
  • 27
  • 30

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 taqvimidan noroziligini bildirdi. U guruhdagi g‘alaba jamoani pley-off o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda aslida noqulay holatga solib qo‘yishini qayd etdi.

Nemislar yakuniy turda Ekvadorga mag‘lub bo‘lganiga qaramay, «E» kvartetida birinchi o‘rinni naqd qilishgan. Jamoaning 1/16 finaldagi raqibi faqat boshqa guruhlardagi o‘yinlar yakunlanganidan keyingina ma’lum bo‘ladi.

«Bu ideal variant deb o‘ylamayman. Shunday chiqyaptiki, sen qaysidir ma’noda guruhda birinchi o‘rinni olganing uchun jazolanyapsan. Men bunday formatning katta muxlisi emasman», — deya Nagelsmannning so‘zlarini Goal.com nashri keltiradi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, murabbiylar shtabi deyarli dam olmasdan ishlashiga to‘g‘ri keladi.

«Butun shanba kechasini o‘yinlar videoyozuvlarini tomosha qilish bilan o‘tkazish va yakshanba kuniyoq jamoaga raqib tahlilini taqdim etishdan ko‘ra yaxshiroq variantlar borligini har kim tasavvur qila oladi», — deb qayd etdi mutaxassis.

«Biz eng ehtimoliy raqiblarni o‘zaro bo‘lishib oldik. Men bir nechta o‘yinni ko‘rib chiqdim, tahlilchilar ham. Har birimiz potensial raqiblarning uch-to‘rttadan o‘yinini o‘rganib ulgurdik».

Germaniya terma jamoasining pley-offdagi dastlabki o‘yini 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar